TestYech

Maxfiylik siyosati

TestYech — Milliy Sertifikat imtihoniga tayyorgarlik ilovasi.

Oxirgi yangilanish: 2026-yil 29-avgust

Bu ilova o'quvchining imtihonga tayyorgarligiga xizmat qiladi. Shu sababli u faqat o'sha tayyorgarlik uchun zarur bo'lgan ma'lumotni saqlaydi va boshqa hech narsani yig'maydi.

Ilova nimani yig'MAYDI

Ilovada reklama yo'q. Ma'lumot uchinchi tomonlarga sotilmaydi va berilmaydi. Ilova sizni boshqa ilovalar yoki saytlar bo'ylab kuzatmaydi.

Ilova nimani saqlaydi

Anonim identifikator Ilova birinchi ochilganda avtomatik yaratiladi. U ismingiz bilan bog'liq emas va progressingizni qurilmangizga bog'lash uchun xizmat qiladi.
Tayyorgarlik ma'lumotlari Tugallangan mavzular, to'plangan ballar (XP), kunlik seriya, mashq qilingan kunlar va sinov imtihoni natijalari.
Ism — faqat hisob ulansa Apple ID orqali kirsangiz va ismingizni berishni tanlasangiz — o'sha ism. Telegram orqali kirsangiz — Telegramdagi ismingiz va Telegram identifikatoringiz.
Profil — hammasi ixtiyoriy Profilingizga o'zingiz kiritsangiz saqlanadi: familiya, taxallus, sinf, tug'ilgan yil, viloyat va tanlagan avatar-personajingiz. Bularning hech biri majburiy emas — har birini bo'sh qoldirishingiz yoki keyin o'chirishingiz mumkin (Profil → Tahrirlash). Viloyat siz tanlaydigan ro'yxatdan olinadi; ilova telefoningizning joylashuvini o'qimaydi.

Hisob ulash ixtiyoriy. Ulanmasangiz ham ilova to'liq ishlaydi — u holda progressingiz faqat shu qurilmada qoladi.

Ma'lumot qayerda saqlanadi

Ma'lumot Google'ning Firebase xizmatida (Authentication va Cloud Firestore) saqlanadi. Server qoidalari shunday sozlanganki, har bir foydalanuvchi faqat o'z yozuvini o'qiy va o'zgartira oladi; boshqa birovning ma'lumotiga kirish imkoni yo'q.

Bildirishnomalar

Eslatmalar qurilmangizning o'zida hisoblanadi va rejalashtiriladi. Ilova buning uchun hech qanday serverga ma'lumot yubormaydi. Bildirishnomalarni istalgan vaqtda ilova sozlamalaridan yoki iOS sozlamalaridan o'chirib qo'yishingiz mumkin.

Ma'lumotni o'chirish

Bolalar

Ilova maktab o'quvchilariga mo'ljallangan va foydalanuvchilarning bir qismi 13 yoshgacha bo'lishi mumkin. Yuqoridagi jadvalda sanab o'tilgan profil maydonlarining hech biri majburiy emas: har fanning birinchi mavzusi hisobsiz ishlaydi va profilni umuman to'ldirmasdan foydalanish mumkin.

Agar farzandingiz ma'lumot kiritgan bo'lsa va uni o'chirishni istasangiz, ilovadagi Profil → Hisobni o'chirish orqali hammasini darhol o'chirish mumkin, yoki @testyech_support_bot ga yozing.

O'zgarishlar

Siyosat o'zgarsa, ushbu sahifadagi sana yangilanadi. Yig'iladigan ma'lumot doirasi kengaysa, bu ilova ichida ham ma'lum qilinadi.

Bog'lanish

Telegram: @testyech_support_bot
Sayt: testyech.uz/yordam

Summary in English

TestYech is an exam-preparation app for the Uzbek National Certificate. It stores only study progress (completed topics, points, streak, practice days, mock-exam results) under an anonymous identifier created on first launch. If you optionally link an Apple ID or Telegram account, your name (and Telegram ID) is stored as well. No email address is requested — Apple Sign-In asks for the full name scope only. The app collects no location, contacts, advertising identifier, analytics, tracking or crash reports, contains no ads, and never sells or shares data with third parties. Data is stored in Google Firebase; server rules restrict every record to its own owner. Reminders are scheduled entirely on-device. To delete your cloud record, contact us via @testyech_support_bot.